Raymond Kettel tomonidan ishlab chiqilgan ushbu metodika inson xarakterini 16 ta asosiy shaxsiyat omili (faktorlari) bo'yicha baholaydi. Ular orqali odamning hissiy barqarorligi, muloqotga kirishuvchanligi, intellekti, tashvishlanish darajasi kabi muhim psixologik xususiyatlari aniqlanadi.
Umumiy va yosh davrlari psixologiyasi mutaxassislari, kadrlar bo'limi xodimlari, kasbiy yo'naltirish bilan shug'ullanuvchilar uchun ideal vosita hisoblanadi.
16 ta faktor bo'yicha STEN shkalalaridagi natijalar (A dan Q4 gacha) va har bir faktor bo'yicha batafsil izohlar taqdim etiladi. Maxsus "Psixolog uchun" batafsil hisobot ham shakllantiriladi.
105 ta savol · Taxminan 40 daqiqa · Natija va batafsil hisobot
Testni boshlash ➔⚠️ Muhim eslatma: Kettelning 16 faktorli shaxs so'rovnomasi (16PF) murakkab metodika bo'lib, olingan natijalarning aniq interpritatsiyasi uchun malakali psixolog yordami talab etiladi.
Test 105 ta savoldan iborat bo'lib, har bir savolga 3 xil (masalan: "ha", "bilmadim", "yo'q") javob variantlaridan birini tanlash so'raladi.
U orqali insonning moslashuvchanlik imkoniyatlari, kasbiy layoqati va kadr tanlash jarayonida xodimlarning mosligini baholash mumkin.
Ha, u R. Kettel tomonidan ko'p yillik tadqiqotlar va faktorli tahlil asosida yaratilgan klassik psixodiagnostik usul hisoblanadi.
Avtomatik tarzda umumiy psixologik tavsif, kuchli tomonlar va 16 faktor bo'yicha grafik ko'rinishida xulosa chiqariladi.